Epson
ColorWorks CW-C4000
RangliSiyohli, 4 rangda. Logotip va rasmli mahsulot etiketkasi uchun.
Rangli etiketka printeri: logotip, rasm va rangli shtrix-kodni bitta o'tishda bosadi.
- Ruxsat
- 1200 dpi
- Bosish eni
- 108 mm
- Tezlik
- 100 mm/s
Narx va mavjudligi — so'rov bo'yicha. So'rov to'g'ri menejerning Telegramiga boradi.
Tezlik, eni va ulanish bo'yicha ma'lumot sotuvchilar katalogidan olingan va Epson saytida qisman tasdiqlangan. Buyurtmadan oldin aniq modifikatsiyani tekshirib beramiz.
Tavsif
CW-C4000 — siyohli (inkjet) rangli printer. Oddiy termal printer faqat qora chiqaradi, bu esa to'rt rangda bosadi: rangli logotip, rasm, ogohlantirish belgilari va shtrix-kod bitta etiketkada.
Asal, choy, kosmetika, ichimlik va qandolat ishlab chiqaruvchilar uchun qulay: bosmaxonada minglab tayyor etiketka qildirib omborda saqlash o'rniga, kerakli miqdorni kerakli paytda bosasiz.
Pigment siyoh suvga va ishqalanishga chidamli. Avtomatik kesgich ichida. Ikki versiyasi bor: yaltiroq (Gloss) va xira (Matte) etiketka uchun — farqi qora siyohda. Muhim: satin va neylon matoga bosmaydi.
Kimga mos
- Oziq-ovqat, asal, choy, kosmetika etiketkasi
- Kichik va o‘rta seriyali rangli etiketka
- Rangli piktogrammali kimyo yorlig‘i
- Har xil mahsulotga turli dizayn
Kimga mos emas
- Satin, neylon kiyim yorlig‘i
- Oddiy qora shtrix-kod — termal printer arzonroq
- Juda katta tiraj — bosmaxona arzonroq
Texnik xususiyatlar
| Bosish usuli | Rangli siyohli (inkjet) |
|---|---|
| Siyoh | Pigment, 4 rang (CMYK); Gloss yoki Matte qora |
| Ruxsat | 1200 × 1200 dpi gacha |
| Bosish tezligi | 100 mm/s gacha |
| Bosish eni | 108 mm gacha |
| Material eni | 25,4–108 mm (1–4,25 dyuym) |
| Material | Rulon va fanfold (taxlangan) etiketka |
| Kesgich | Avtomatik, ichida |
| Dastur | Windows, Mac, Linux drayverlari; ZPL II emulyatsiya; SAP |
| Ulanish | USB; tarmoq — modifikatsiyaga qarab |
Xususiyatlar ishlab chiqaruvchi ma'lumotlari asosida. Modifikatsiyaga qarab farq qilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi sahifasi ↗
Printerlar