Asosiy qismga o'tish
TSC TE200 — bosilgan etiketka bilan
TSC TE200 — qopqog‘i ochiq, ribbon va etiketka
TSC TE200 — ribbon mexanizmi ko‘tarilgan

TSC

TE200

TermotransferRibbon bilan. Satin, neylon va uzoq saqlanadigan yorliq uchun.

Ishonchli termotransfer printer: satin, neylon va uzoq saqlanadigan etiketka uchun.

Ruxsat
203 dpi
Bosish eni
108 mm
Tezlik
152 mm/s
Telegram Qo'ng'iroq

Narx va mavjudligi — so'rov bo'yicha. So'rov to'g'ri menejerning Telegramiga boradi.

Tavsif

TE200 ikki rejimda ishlaydi: ribbon bilan (termotransfer) va ribbonsiz (termal). Ribbon bilan bosilgan yorliq quyosh, issiq, sovuq va ishqalanishga chidaydi — kiyim yorlig'i va ombor uchun aynan shu kerak.

Bosish eni 108 mm: 100×150 mm yuk xatidan tortib 20 mm li tor kiyim yorlig'igacha bosadi. 300 metrli ribbon sig'adi, shuning uchun ribbonni tez-tez almashtirish shart emas.

Kichik matn va mayda shtrix-kod uchun 300 dpi li TE300 versiyasi bor. Ethernet va avtomatik kesgich kerak bo'lsa — TE210/TE310.

Kimga mos

  • Satin va neylon kiyim yorlig‘i (resin ribbon bilan)
  • Ombor va logistika yorlig‘i
  • 100×150 mm yuk xati
  • Sovuqda va namda saqlanadigan tovar

Kimga mos emas

  • Rangli logotip va rasm — rangli printer kerak
  • Kuniga o‘n minglab etiketka — sanoat printeri yaxshiroq

Texnik xususiyatlar

Bosish usuliTermotransfer va termal
Ruxsat203 dpi (TE300 — 300 dpi)
Bosish tezligi152 mm/s gacha
Bosish eni108 mm gacha
Bosish uzunligi2794 mm gacha
Material eni20–112 mm
Rulontashqi diametri 127 mm gacha, vtulka 25,4–38 mm
Ribbon300 m gacha, eni 40–110 mm
Xotira16 MB SDRAM · 8 MB Flash
UlanishUSB; Bluetooth — modifikatsiyaga qarab. TE210: + Ethernet, RS-232, USB Host, Wi-Fi
Buyruq tiliTSPL-EZD
BoshqaruvLED indikator va tugma
KesgichTE200 da yo'q (TE210/TE310 — ixtiyoriy)
KorpusABS plastik

Xususiyatlar ishlab chiqaruvchi ma'lumotlari asosida. Modifikatsiyaga qarab farq qilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi sahifasi ↗

NOVA-TEX

Narxini bilib oling

Raqamingizni qoldiring — menejer qo'ng'iroq qiladi yoki Telegram'da yozadi.

Yuborish orqali raqamingiz faqat shu so'rov bo'yicha bog'lanish uchun ishlatilishiga rozilik berasiz.