Argox
iX4-350
SanoatMetall korpus, katta rulon. Kun bo'yi to'xtovsiz ish uchun.
Metall korpusli sanoat printeri: 300 dpi, 450 m ribbon va kun bo'yi ish.
- Ruxsat
- 300 dpi
- Bosish eni
- 104 mm
- Tezlik
- 152 mm/s
Narx va mavjudligi — so'rov bo'yicha. So'rov to'g'ri menejerning Telegramiga boradi.
Ishlab chiqaruvchi saytida bu model ishlab chiqarilmaydi deb belgilangan, o'rnini iX4-350 Pro egallagan.
Tavsif
iX4-350 — ishlab chiqarish va katta ombor uchun. Ichiga 210 mm li katta rulon va 450 metrli ribbon sig'adi: smenada bir necha ming yorliq bosib, materialni kam almashtirasiz.
300 dpi ruxsat kichik shrift, DataMatrix (Asl belgisi markirovkasi) va kiyim yorlig'idagi yuvish belgilarini aniq chiqaradi. LCD displey va 3 tugma bilan kompyutersiz ham sozlanadi.
Kesgich (gilyotina yoki rotatsion), peeler va rewinder qo'shish mumkin. Argox saytida bu model o'rniga yangi iX4-350 Pro ko'rsatilgan — buyurtmada qaysi biri borligini aniqlab beramiz.
Kimga mos
- Ishlab chiqarish liniyasi va katta ombor
- DataMatrix markirovka (Asl belgisi)
- Ko‘p miqdorda satin/neylon yorliq
- Kun bo‘yi uzluksiz bosish
Kimga mos emas
- Kichik do‘kon — ortiqcha katta va qimmat
- Joy tor bo‘lsa — og‘irligi 13 kg
Texnik xususiyatlar
| Bosish usuli | Termal va termotransfer |
|---|---|
| Ruxsat | 300 dpi (12 dots/mm) |
| Bosish tezligi | 152 mm/s gacha (6 ips) |
| Bosish eni | 103,7 mm gacha |
| Bosish uzunligi | 1270 mm gacha |
| Material eni | 25,4–114 mm |
| Material qalinligi | 0,0635–0,254 mm |
| Rulon | tashqi diametri 210 mm (vtulka 76 mm) yoki 177,8 mm (vtulka 38 mm) |
| Ribbon | 450 m, eni 25,4–112 mm, vtulka 25,4 mm; wax, wax/resin, resin |
| Xotira | 32 MB SDRAM · 16 MB Flash · USB fleshka 32 GB gacha |
| Ulanish | USB 2.0, USB Host, RS-232, Ethernet 10/100. Ixtiyoriy: Wi-Fi, GPIO, parallel port |
| Buyruq tili | PPLA, PPLB, PPLZ (emulyatsiya) |
| Datchiklar | Ko‘chma reflektiv va transmissiv |
| Boshqaruv | LCD displey, 3 tugma, 3 LED |
| Ixtiyoriy qismlar | Gilyotina yoki rotatsion kesgich, peeler, rewinder |
| Quvvat | Ichki blok, 100–240 V, 50–60 Hz |
| O'lchami | 257 (en) × 432 (chuqurlik) × 263 (balandlik) mm |
| Og'irligi | 13 kg |
| Ish harorati | 4–40 °C |
Xususiyatlar ishlab chiqaruvchi ma'lumotlari asosida. Modifikatsiyaga qarab farq qilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi sahifasi ↗
Printerlar