Zebra
ZT411
SanoatMetall korpus, katta rulon. Kun bo'yi to'xtovsiz ish uchun.
Zebra'ning asosiy sanoat printeri: 356 mm/s, 203/300/600 dpi, sensorli ekran va RFID imkoniyati.
- Ruxsat
- 203 / 300 / 600 dpi
- Bosish eni
- 104 mm
- Tezlik
- 356 mm/s
Narx va mavjudligi — so'rov bo'yicha. So'rov to'g'ri menejerning Telegramiga boradi.
Tavsif
ZT411 — zavod, logistika va yirik omborlar uchun Zebra'ning eng ko'p ishlatiladigan sanoat printeri. 203 dpi da sekundiga 356 mm bosadi. 300 dpi va juda mayda yorliq uchun 600 dpi boshchasi ham bor.
Metall ramka va ikki qanotli metall qopqoq — qopqoq yon tomonga ochilmaydi, shuning uchun printer tor joyga ham sig'adi. 4,3 dyuymli rangli sensorli ekran xatoni rasm bilan ko'rsatadi: rulon yoki ribbonni qanday solishni ekranning o'zi o'rgatadi.
USB, RS-232, Ethernet, Bluetooth va ikkita USB Host ichida. Ikki bo'sh uyaga Wi-Fi, parallel port yoki applikator interfeysi qo'yiladi. RFID, peeler, kesgich va ichki o'rash moslamasi qo'shilishi mumkin. ZPL tili 1C, SAP va WMS bilan to'g'ridan ishlaydi.
Kimga mos
- Zavod, logistika va yirik ombor
- 1C, SAP, WMS bilan ishlaydigan korxona
- RFID yorliq
- Juda mayda yorliq va DataMatrix (600 dpi)
Kimga mos emas
- Kichik biznes — narxi va og‘irligi (16 kg) ortiqcha
- Rangli yorliq — rangli printer kerak
Texnik xususiyatlar
| Bosish usuli | Termotransfer va termal |
|---|---|
| Ruxsat | 203 dpi; ixtiyoriy 300 yoki 600 dpi |
| Bosish tezligi | 203 dpi: 356 mm/s · 300 dpi: 254 mm/s · 600 dpi: 102 mm/s gacha |
| Bosish eni | 104 mm |
| Bosish uzunligi | 203 dpi: 3988 mm · 300 dpi: 1857 mm · 600 dpi: 991 mm |
| Material eni | 25,4–114 mm (yirtish/kesgich), 25,4–108 mm (peeler/o‘rash) |
| Material qalinligi | 0,058–0,25 mm |
| Material turi | Uzluksiz, kesilgan, teshikli, qora belgili; taglik qog‘ozsiz (linerless) — ixtiyoriy |
| Rulon | tashqi diametri 203 mm gacha, vtulka 76 mm |
| Ribbon | 450 m, eni 51–110 mm, vtulka 25 mm |
| Xotira | 256 MB RAM · 512 MB Flash |
| Ulanish | USB 2.0, RS-232, Ethernet 10/100, Bluetooth, 2 × USB Host. Ixtiyoriy: Wi-Fi 802.11ac/ax, parallel, applikator |
| Buyruq tili | ZPL, ZPL II, EPL (faqat 203 dpi), XML; ZBI 2.0 — ixtiyoriy |
| Boshqaruv | 4,3" rangli sensorli ekran, ikki rangli LED |
| Datchiklar | Transmissiv va reflektiv |
| Ixtiyoriy qismlar | Ichki o‘rash, peeler, gilyotina kesgich, RFID, linerless |
| Korpus | Metall ramka, oynali ikki qanotli metall qopqoq |
| Quvvat | 100–240 V avtomatik, ENERGY STAR |
| O'lchami | 495 (uzunlik) × 269 (en) × 324 (balandlik) mm |
| Og'irligi | 16,3 kg |
| Ish harorati | termotransfer 5–40 °C, termal 0–40 °C |
Xususiyatlar ishlab chiqaruvchi ma'lumotlari asosida. Modifikatsiyaga qarab farq qilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi sahifasi ↗
Printerlar