Asosiy qismga o'tish
SATO FX3-LX — 7 dyuymli sensorli ekranli printer
SATO FX3-LX — narx yorlig‘ini bosmoqda
SATO FX3-LX — ekrandan to‘g‘ridan yorliq tanlash
SATO FX3-LX — devorga o‘rnatilgan

SATO

FX3-LX

TermalRibbonsiz, termoetiketkaga. Arzon, lekin yorliq vaqt o'tib o'chadi.

Kompyutersiz ishlaydigan termal printer: 7 dyuymli sensorli ekran, 305 dpi va batareya imkoniyati.

Ruxsat
305 dpi
Bosish eni
80 mm
Tezlik
152 mm/s
Telegram Qo'ng'iroq

Narx va mavjudligi — so'rov bo'yicha. So'rov to'g'ri menejerning Telegramiga boradi.

Tavsif

FX3-LX — boshqa printerlardan farqi: kompyuter shart emas. 7 dyuymli rangli sensorli ekranda yorliqni tanlaysiz, narx yoki sanani kiritasiz va bosasiz. Skaner yoki klaviaturani to'g'ridan printerga ulash mumkin.

Oshxona, kafe, supermarketning go'sht-baliq va pishiriq bo'limi uchun qilingan: korpusi suv sachrashiga (IPx2) va zarbaga (IK06) chidamli, mikroblarga qarshi qoplamali. Devorga osiladi; batareya qo'yilsa — aravachada olib yuriladi.

Faqat termal: ribbon ishlatmaydi. Bosish eni 80 mm, ruxsat 305 dpi — mayda shrift va tarkib matni aniq chiqadi. Taglik qog'ozsiz (linerless) yorliq ham bosadi — chiqindi kam bo'ladi.

Kimga mos

  • Oshxona, kafe va fast-fud: tayyorlangan sana yorlig‘i
  • Supermarket: go‘sht, baliq, pishiriq bo‘limi
  • Dorixona va laboratoriya
  • Kompyuter qo‘yib bo‘lmaydigan ish joyi

Kimga mos emas

  • Satin va neylon kiyim yorlig‘i — termotransfer printer kerak
  • Uzoq saqlanadigan yorliq — termal yorliq vaqt o‘tib o‘chadi
  • 100 mm li keng yorliq — bosish eni 80 mm

Texnik xususiyatlar

Bosish usuliTo'g'ridan termal (ribbonsiz)
Ruxsat305 dpi (12 dots/mm)
Bosish tezligi152 mm/s gacha (batareyada 101 mm/s)
Bosish eni80 mm gacha
Bosish uzunligi500 mm gacha
Etiketka o‘lchamieni 28–85 mm, uzunligi 19–503 mm; linerless: eni 32–82 mm
Material qalinligi0,14–0,19 mm
Material turiRulon (uzluksiz, kesilgan, linerless), fanfold
Rulontashqi diametri 105 mm (vtulka 25 mm) yoki 90 mm (vtulka 40 mm)
Ekran7" rangli sensorli TFT (480×800), dinamik, o‘quv videolari
Xotira1 GB RAM · 4 GB Flash
Ulanish3 × USB-A, USB-B, Ethernet, NFC. Ixtiyoriy: Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac + Bluetooth 4.1
Buyruq tiliSBPL, SZPL (Zebra), SDPL (Datamax), SIPL, STCL, SEPL; avtomatik aniqlash
DatchiklarOraliq (transmissiv) va qora belgi (reflektiv)
HimoyaIPx2 (suv sachrashi), IK06 (zarba), mikroblarga qarshi korpus
Ixtiyoriy qismlarKesgich, yarim kesgich, linerless to‘plami, Wi-Fi/Bluetooth, batareya, devor va aravacha moslamasi
Quvvat100–240 V adapter; ixtiyoriy Li-ion batareya 14,4 V, 1950 mAh
O'lchami132 (en) × 225 (chuqurlik) × 161 (balandlik) mm; batareya bilan 180 mm
Og'irligi2,5 kg (batareya bilan 3,0 kg)
Ish harorati0–40 °C

Xususiyatlar ishlab chiqaruvchi ma'lumotlari asosida. Modifikatsiyaga qarab farq qilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi sahifasi ↗

NOVA-TEX

Narxini bilib oling

Raqamingizni qoldiring — menejer qo'ng'iroq qiladi yoki Telegram'da yozadi.

Yuborish orqali raqamingiz faqat shu so'rov bo'yicha bog'lanish uchun ishlatilishiga rozilik berasiz.